JLPT test mashqlari nima?
JLPT test mashqlari - bu Attain aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan yapon tilini o'rganuvchi chet elliklar uchun taqdim etiluvchi onlayn test xizmatidir. Ushbu xizmatdan foydalanish JLPT imtihoniga tayyorlanish va yapon tili bilim darajasini oshirishga yordam beradi.
JLPT test mashqlarining o'ziga xosliklari
-
・"Nihongo Noryoku Shiken (JLPT)" ning N1 dan N5 gacha barcha darajalarini o'zida qamrab olgan.
-
・Vaqt o'lchovi funksiyasi sozlanganligi uchun rasmiy imtihondagi kabi mashq qilishingiz mumkin.
-
・Imtihondan so'ng javoblaringizni tekshirishingiz mumkin bo'lib, bu testlar va noto'g'ri javob bergan topshiriqlaringizni takrorlashga yordam beradi.
-
・Eshitish mashqlari javoblariga mashqlar matni ham havola qilingan bo'lib, bu tinglab, tushunish qobiliyatingizni charxlovchi o'quv materiali bo'la oladi.
JLPT test mashqlarining turlari
JLPT test mashqlari xizmatida hozirda 4 turdagi test mashqlari taqdim etilgan.
-
JLPT mashq imtihoni (N5, N4, N3, N2, N1 kurslari)
-
Harf va so'z testlari(N5, N4, N3, N2, N1 kurslari)
-
Grammatika testlari (N5, N4, N3, N2, N1 kurslari)
-
AOJ test mashqlari
(N5, N4, N3, N2, N1 kurslari)
JLPT mashq imtihoni (N5, N4, N3, N2, N1 kurslari)
・Mashq imtihoni rasmiy imtihon bilan bir xil shaklda tayyorlangan.
・Topshiriqlar shakli va vaqt o'lchovi funksiyasi orqali rasmiy imtihondagidek mashq qilishingiz mumkin.
・Imtihon natijalarini ko'rish mumkinligi sababli o'zingizning zaif va kuchli tomonlaringizni tezda bilib olasiz.
・Kimlar uchun: N1 dan N5 gacha bo'lgan darajalarni takrorlamoqchi va imtihonga tayyorlanmoqchi bo'lganlar uchun.
Harf va so'z testlari(N5, N4, N3, N2, N1 kurslari)
・Har bir testda 30 ta savoldan iborat topshiriqlar taqdim etilgan.
(Savollar soni darajaga qarab farq qiladi.)
・Har bir darajadagi so'zlar, kanjilarni mashq qilishingiz mumkin.
・Bitta testni yechish vaqti 20 daqiqa atrofida bo'lib, testlarni qisqa vaqtda, osongina bajarishingiz mumkin.
・Kimlar uchun: Har bir daraja harflari, so'zlari va kanjilarini mashq qilmoqchilar uchun.
Grammatika testlari (N5, N4, N3, N2, N1 kurslari)
・Har bir testda 30 ta savoldan iborat topshiriqlar taqdim etilgan.
・Har bir darajadagi grammatikalarini takrorlashingiz mumkin.
・Bitta testni yechish vaqti 20 daqiqa atrofida bo'lib, testlarni qisqa vaqtda, osongina bajarishingiz mumkin.
・Kimlar uchun: Har bir darajadagi grammatikalarini mashq qilmoqchilar uchun
AOJ test mashqlari
(N5, N4, N3, N2, N1 kurslari)
・Har bir test uchun 25 ta savol tayyorlangan bo'lib, testlarni qisqa vaqtda bajarishingiz mumkin.
・Har bir testda so'z, kanji, grammatika topshiriqlari muvozanatli tarzda taqsimlangan.
・AOJ o'quv materiallaridan foydalanayotganlar o'rgangan darslarini qay darajada tushunganliklarini tekshirishlari mumkin.
・AOJ o'quv materiallaridan foydalanmayotganlarga so'z, kanji, grammatiklarni umumiy mashq qilish mumkin bo'lgan
”Attain Online Japanese”
o'quv materiallaridan foydalanib, o'rganishlari maslahat beriladi.
JLPT test mashqlaridan foydalanish namunasi
※ Attain Online Japanese o'quv materiallaridan foydalanayotganlar uchun
Misol: JLPT N5 imtihonini topshiruvchilar
①Attain Online Japanese o'quv materiallarida N5 kursining har bir darsini o'rgangandan so'ng JLPT test mashqlarining "AOJ testlari N5 kursi" dan foydalanib, darsni qanchalik tushunganligingizni tekshiring
* Boshqa o'quv materiallaridan foydalanayotganlar: ushbu JLPT test mashqlaridan qo'shimcha o'quv materiali sifatida foydalaning.
*Attain Online Japanese o'quv materiallaridan foydalansangiz, yaxshi natijalarga erishishingiz mumkin.
② Attain Online Japanese o'quv materialining N5 kursini tugallagandan so'ng JLPT test mashqlarining "So'z testlari" va "Grammatika testlari" dan foydalanib, N5 kursining so'zlari va grammatikalarini umumiy mashq qiling.
③ Yuqoridagi testlarining barchasini bajargandan so'ng "JLPT mashq imtihoni" da o'zingizni sinab ko'rib, rasmiy imtihon vaqti doirasida javoblarni belgilashni mashq qilib boring.